Barcha yangiliklar
#Chinoz_tumani
Gallery image 202910
Gallery image 202911
Gallery image 202912
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
30 Iyul 2026
14:38

#Chinoz_tumani




🔰 Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga O‘zLiDeP partiyasidan 15-Istiqlol saylov okrugiga saylangan deputat O.Dadajonovga biriktirilg Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B. Ortiqboyev tomonidan Kengashning ish rejasiga muvofiq Nafis MFY hududida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xususan, "qizil" va "sariq" toifadagi hududlarda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklarni kamaytirish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan olib borilayotgan ishlarning samaradorligi tahlil qilindi.

Shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida mas’ulga takliflar bildirildi.