Barcha yangiliklar
#Chinoz_tumani  #Deputat faoliyati  Madaniyat markazi o'rganildi
Gallery image 202836
Gallery image 202837
Gallery image 202838
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
27 Iyul 2026
14:24

#Chinoz_tumani #Deputat faoliyati Madaniyat markazi o'rganildi



Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyat mudiri Asqar Baxramov tomonidan Kengash ish rejasiga asosan tumandagi 44-sonli Olmazor madaniyat markazi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra:

🔎 Madaniyat markazida aholi xotin-qizlar va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan ishlar olib borilmoqda;

🧵 Tikuvchilik yo‘nalishida tashkil etilgan mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilarga amaliy ko‘nikmalar berilayotgani kuzatildi;

👗 Markazda milliy liboslar va qo‘l mehnati mahsulotlari namunalari mavjud bo‘lib, bu yerda hunarmandchilikni rivojlantirishga e’tibor qaratilgan;

🥁 San’at yo‘nalishlari bo‘yicha mashg‘ulotlar uchun zarur ayrim cholg‘u asboblari va jihozlar mavjud.