Barcha yangiliklar
#Chinoz_tumani  #Doimiy komissiya    Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
Gallery image 202818
Gallery image 202819
Gallery image 202820
Gallery image 202821
Gallery image 202822
Gallery image 202823
Gallery image 202824
ULUG‘BEKOVA DILNOZA BAXTIYEROVNA
24 Iyul 2026
14:20

#Chinoz_tumani #Doimiy komissiya Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi



Bugun, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisni doimiy komissiya raisi Surayyo Axmedova olib bordi.

Doimiy komisssiya yig'ilishida Kengash raisi A.Turdiboyev ham ishtirok etdi.

Kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tuman prokurori, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i hamda Xalq qabulxonasining axborot va hisobotlari tinglandi.

Kun tartibidagi masalalar muhokamasida doimiy komissiya a'zolari F.Ibragimov, M.Mirsodiqovlar so‘zga chiqib, o‘zlarining savol, taklif va fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdilar.

Majlis yakunida kun tartibidagi masala bo‘yicha bildirilgan takliflar va fikr-mulohazalarni inobatga olib, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish to‘g‘risida xulosa qilindi hamda tegishli qaror qabul qilindi.