Barcha yangiliklar
🔎 Ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari joyida ko‘zdan kechirildi
Gallery image 202804
Gallery image 202805
Gallery image 202806
Gallery image 202807
Gallery image 202808
Gallery image 202809
Gallery image 202810
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
31 Iyul 2026
14:17

🔎 Ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari joyida ko‘zdan kechirildi

🔎 Ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarida olib borilayotgan ta'mirlash ishlari joyida ko‘zdan kechirildi

📍Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Dilorom Axmedova tomonidan "Chuqursoy" MFY hududidagi 17–18-sonli ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

💡O‘rganish davomida ichki muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining texnik holati, suv ta’minoti quvurlarini ta’mirlash va yangilash, sizib chiqish holatlarini bartaraf etish hamda yerto‘lalarning kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

📌 O‘rganish ishlari Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi (savolnomasi)da belgilangan tavsiyalar asosida amalga oshirildi. Xususan, ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari, ichki muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining texnik holati hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari joyida ko‘zdan kechirilib, aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

❄️ Kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish aholini uzluksiz kommunal xizmatlar bilan ta’minlash, favqulodda holatlarning oldini olish hamda ko‘p qavatli uylarning xavfsiz va barqaror faoliyatini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!