Barcha yangiliklar
Vazifalar ijrosi — mahallalardagi ochiq muloqotlar markazida
Gallery image 202794
Gallery image 202795
Gallery image 202796
Gallery image 202797
Gallery image 202798
Gallery image 202799
Gallery image 202800
Gallery image 202801
Gallery image 202802
Gallery image 202803
YUSUBOV MUZAFFAR ALIMBAYEVICH
31 Iyul 2026
14:03

Vazifalar ijrosi — mahallalardagi ochiq muloqotlar markazida

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Vazifalar ijrosi — mahallalardagi ochiq muloqotlar markazida

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputatlari Otabek Jiyanbayev, Ulug‘bek Ziyadullayev va Akbarxon Sobirxonov, Uchtepa tumani Kengashi mas’ullari hamda Xalq deputatlari Uchtepa tuman Kengashi deputatlari Jamshid Karimov, Abdurashid Abdushukurov, Ziyoda Xaydarova va Shahnoza Tursunovalar ishtirokida Toshkent shahri Uchtepa tumanidagi "Zargarlik" va "Shirin" mahalla fuqarolar yig‘inlarida mahalla yettiligi, faollar va saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

📝 Uchrashuv davomida Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan ustuvor vazifalar, mahallalarni kompleks rivojlantirish, aholi bilan manzilli ishlash hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari doirasida hududdagi mavjud holat atroflicha muhokama qilindi.

🔺 Muloqot chog‘ida aholi turmush darajasi, salomatligi, hudud infratuzilmasini rivojlantirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash, ta’lim sifati, jamoat xavfsizligini mustahkamlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, mahallalarni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar uchun qulay yashash muhitini yaratishga oid masalalar yuzasidan fikr almashildi.

📹 Xususan, mahallalarda o‘rnatilgan videokuzatuv kameralarini qayta ishga tushirish, kuzatuv kameralari mavjud bo‘lmagan hududlarni yangi kameralar bilan ta’minlash, sug‘orish tizimini yaxshilash, yashil hududlarni saqlash va infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha aniq takliflar bildirildi. Ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi deputatlar nazoratiga olindi.

📁 Shundan so‘ng deputatlar uyma-uy yurib, "Zargarlik" va "Shirin" mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshi ulug‘ nuroniylar xonadonlariga tashrif buyurdi. Fuqarolarning yashash sharoitlari, kundalik ehtiyojlari va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishilib, ular bilan samimiy muloqot o‘tkazildi. Suhbatlar davomida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, aholi farovonligini oshirishga qaratilgan davlat dasturlari hamda hududlarda yaratilayotgan yangi imkoniyatlar yuzasidan fikr almashildi.

🤝 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlarni tizimli hal etish, ularning ijrosini doimiy nazorat qilish hamda mahallalarni yanada obod va xavfsiz hududga aylantirish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash