Barcha yangiliklar
Tashabbusli budjet loyihalari ijrosi deputatlik nazoratida
Gallery image 202775
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
31 Iyul 2026
12:56

Tashabbusli budjet loyihalari ijrosi deputatlik nazoratida

Tashabbusli budjet loyihalari ijrosi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati O‘.Shukurov hamda Yoshlar maslahati guruhi a’zosi Sh.Uralov tomonidan navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala — 2026-yil II chorak davomida jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisoboti oldidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida Tashabbusli budjetlashtirish jarayonida g‘olib bo‘lgan loyihalarning amaldagi holati ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, Yangiobod MFY hamda Boldir MFYlarni bog‘lovchi, Iskandar qishlog‘iga olib boruvchi asosiy yo‘lga asfalt qoplamasi yotqizish loyihasi bo‘yicha bajarilgan ishlar o‘rganildi.

Deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan talablar asosida bajarilishi hamda aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar holati nazorat qilindi.