Barcha yangiliklar
Soliq inspeksiyasi hisoboti oldidan hududdagi muammolar o‘rganildi
Gallery image 202768
Gallery image 202769
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
31 Iyul 2026
12:52

Soliq inspeksiyasi hisoboti oldidan hududdagi muammolar o‘rganildi

Soliq inspeksiyasi hisoboti oldidan hududdagi muammolar o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Shukurov O'tkir Normamatovich Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tuman soliq inspeksiyasi rahbarining hisoboti oldidan hududlarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Deputat Boldir MFY, Asqar Muxtor ko‘chasi ko'chaboshisi S.Eshqobilov bilan fuqarolar murojaatlari va takliflarini tingladi.

Suhbat davomida fuqarolar soliq hisob-kitoblari bo‘yicha ayrim noaniqliklar mavjudligi, to‘lovlar amalga oshirilgan bo‘lsa-da, tizimda qoldiq summalar aks etayotgani hamda ayrim ma’lumotlarga aniqlik kiritish zarurligini bildirishdi.

Shuningdek, fuqarolar kontrakt to‘lovlari bo‘yicha qaytarilishi lozim bo‘lgan mablag‘larni olishda yuzaga kelayotgan masalalar haqida ham murojaat qilishdi.

Deputat tomonidan bildirilgan muammolar qayd etilib, ularning qonuniy yechimini ta’minlash chorasini ko‘rish belgilandi.