Barcha yangiliklar
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN CHORTUT MAHALLASIDA MUHIM MUAMMO HAL ETILDI
Gallery image 202759
Gallery image 202760
Gallery image 202761
Gallery image 202762
Gallery image 202763
Gallery image 202764
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
31 Iyul 2026
12:44

DEPUTAT TASHABBUSI BILAN CHORTUT MAHALLASIDA MUHIM MUAMMO HAL ETILDI

 DEPUTAT TASHABBUSI BILAN CHORTUT MAHALLASIDA MUHIM MUAMMO HAL ETILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati G. Bozorova tashabbusi bilan Chortut mahallasida uzoq yillardan buyon aholini qiynab kelayotgan ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash borasida muhim ishlar amalga oshirildi.

🚰 Mahallada joylashgan suv inshooti bundan qariyb 30 yil avval atigi 40 ta xo‘jalik uchun qurilgan bo‘lib, bugungi kunda hudud kengaygani va 100 dan ortiq xonadon mavjudligi sababli uning quvvati aholi ehtiyojini qondirishga yetmay qolgan edi.

🤝 Deputat tashabbusi, mahalla faollari va ahlining birdamligi natijasida hashar yo‘li bilan eski suv inshooti to‘liq yangidan bunyod etildi.

Amalga oshirilgan ishlar doirasida:
🔹 zamonaviy, yuqori quvvatli suv nasoslari o‘rnatildi;
🔹 suv minorasi to‘liq yangilandi;
🔹 ichimlik suvi ta’minoti sifati va barqarorligini oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi.