Barcha yangiliklar
Deputat tomonidan oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
Gallery image 202735
Gallery image 202736
Gallery image 202737
Gallery image 202738
Gallery image 202739
Gallery image 202740
Gallery image 202741
QANOATOV DILSHOD ABDUSAMAT O‘G‘LI
31 Iyul 2026
12:13

Deputat tomonidan oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi

Deputat tomonidan oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonuni (№265-I, 1996-yil 29-avgust) ijrosini ta'minlash maqsadida, Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 21-Paxtaobod saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati D. Sharopova 20-sonli oilaviy poliklinika faoliyati bilan tanishdi.

Tashrif davomida poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, dori-darmon ta'minoti, tibbiyot xodimlarining faoliyati, sanitariya-gigiyena holati hamda fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholiga qulay va samarali xizmat ko‘rsatishni ta'minlash hamda qonun talablarini to‘liq ijro etish bo‘yicha mas'ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.