Barcha yangiliklar
"Chamanbog" mahallasida yashil hudud barpo etish ishlari deputat tomonidan o‘rganildi
Gallery image 202617
Gallery image 202618
Gallery image 202619
Gallery image 202620
Gallery image 202623
Gallery image 202626
Gallery image 202627
Gallery image 202628
XOLIQJONOVA BARNOXON AXROR QIZI
31 Iyul 2026
10:46

"Chamanbog" mahallasida yashil hudud barpo etish ishlari deputat tomonidan o‘rganildi

"Chamanbog" mahallasida yashil hudud barpo etish ishlari deputat tomonidan o‘rganildi

✨ Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining 7-"Chamanbog‘" saylov okrugi deputati Abdumannop Abduqayumov tomonidan "Chamanbog" mahallasi Damariq kanali bo‘yida amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishildi.

💦 O‘rganish davomida hududda zamonaviy tomchilatib sug‘orish tizimini barpo etish, yashil maydon tashkil etish hamda daraxt va manzarali o‘simliklarni parvarishlash uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.

📌 Deputat tomonidan ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta'minlash, sug‘orish tizimining samarali ishlashini nazorat qilish hamda hududni yanada obod va ko‘rkam maskanga aylantirish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

📚 Deputat faoliyati quyidagi qonunlar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda:
🔹 "Ekologik nazorat to‘g‘risida"gi Qonun
🔹 "Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida"gi Qonun
🔹 "Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi Qonun

🌱 Yashil hududlarni kengaytirish va ekologik muhitni yaxshilashga qaratilgan bunday loyihalar mahallaning yanada obod, ekologik barqaror va aholi uchun qulay maskanga aylanishiga xizmat qiladi.