Barcha yangiliklar
#deputat mahallada
Gallery image 202562
Gallery image 202563
Gallery image 202564
JO‘RABOYEVA NAFOSAT OLIM QIZI
30 Iyul 2026
10:18

#deputat mahallada

#deputat mahallada

"Dolzarb 40 kun": "Birlik" mahallasida obodonlashtirish ishlari bo‘yicha fuqarolarga tushuntirish ishlari olib borildi

📍Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining 16-Chig'iriq saylov okrugi deputati S.Niyozov shahardagi "Birlik" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, aholi bilan uchrashuv o‘tkazdilar.

🔹Uchrashuv davomida "Dolzarb 40 kun" tadbirlari doirasida mahallada amalga oshirilishi rejalashtirilgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari, hududlarni tozalash, ko‘chalar va ichki yo‘llarni tartibga keltirish, ariq-zovurlarni tozalash, yashil hududlarni kengaytirish hamda sanitariya holatini yaxshilash masalalari yuzasidan keng tushuntirish ishlari olib borildi.

🔹Shuningdek, fuqarolarni umumxalq hasharlarida faol ishtirok etishga, o‘z yashash hududining obodligi va ozodaligiga mas’uliyat bilan yondashishga chaqirildi. Tadbir davomida aholining taklif va mulohazalari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.