Barcha yangiliklar
#o'rganish #investitsiya
Gallery image 202513
Gallery image 202514
Gallery image 202515
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
26 Iyun 2026
10:01

#o'rganish #investitsiya

Olmaliq shahrida tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirish va aholi farovonligiga ta’sirini tahlil qilish borasidagi o‘rganishlar davom etmoqda.
Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati hamda shahar hokimligi mas’ullari hamkorligida qizilmiya (miya) ildizini qayta ishlash va eksport qilishga ixtisoslashgan “SMOOTH LICORICE” xorijiy korxona shaklidagi masʼuliyati cheklangan jamiyati (MCHJ) faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida quyidagi mas’ullar ishtirok etdi:
Sevar Qodirova – Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi kotibiyati mudiri;
Shermuhammad Begiyev – Shahar hokimi o‘rinbosari;
Sherzod Abdulxayev – Shahar hokimi o‘rinbosari;
Mukarram Nematullayeva – Bosh mutaxassis.

Jarayonda korxonaning bugungi kundagi ishlab chiqarish quvvati, ishchi-xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar, mahsulot yetkazib berish va eksport jarayonlari hamda korxonaning hudud aholisi hayotiga, atrof-muhitga ko‘rsatayotgan ta’siri atroflicha ko‘rib chiqildi.

Mas’ullar tomonidan korxona mutasaddilariga ishlab chiqarish jarayonlarini yanada rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda faoliyat davomida texnika va ekologik xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya etish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.