Barcha yangiliklar
#aholi murojaati #faoliyat
Gallery image 202491
Gallery image 202492
Gallery image 202493
Gallery image 202494
Gallery image 202495
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
25 Iyun 2026
09:57

#aholi murojaati #faoliyat

Aholi farovonligini ta’minlash hamda kommunal sohadagi muammolarni tizimli hal etish maqsadida joylarda o‘rganishlar davom etmoqda.
Kuni kecha Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sevar Qodirova, bosh mutaxassis Muhriddin Begmatov hamda Qurilish va uy-joy kommunal xizmati bo‘limi boshlig‘i Ilhom Shakirov tomonidan shahardagi "Kimyogar" mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganish davomida:
Mahalla hududidagi Boshqaruv servis kompaniyasi (BSK) faoliyati ko‘zdan kechirildi;
Ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar bilan bevosita muloqot qilinib, ularning murojaatlari va muammolari tinglandi.

Natija: O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar va aholi tomonidan ko‘tarilgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan BSK rahbariga aniq topshiriqlar berildi va ijro muddatlari belgilandi.
Mazkur topshiriqlar ijrosi va bajarilgan ishlar yuzasidan mas'ullar tomonidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etilishi nazoratga olindi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi aholi murojaatlari va kommunal soha sifatini yaxshilash borasidagi ishlarni doimiy diqqat markazida saqlaydi.