Barcha yangiliklar
#24_ta_masala #okrugda_organish #DEPUTATLIK_NAZORATI
Gallery image 202342
Gallery image 202343
Gallery image 202344
Gallery image 202345
Gallery image 202346
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
30 Iyul 2026
22:11

#24_ta_masala #okrugda_organish #DEPUTATLIK_NAZORATI

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 13-"Qorliq" saylov okrugidan saylangan deputat Mengnarova Zarifa Toshpo‘latovna tomonidan tumandagi “Qorliq” mahallasi hududida joylashgan muqaddas qadamjolar va qabristonlarda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda sanitariya holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mazkur hududlarda obodonlashtirish va sanitariya holatini yanada yaxshilash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar olib borilayotgani, xususan, ziyoratchilar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida suv havzasi barpo etilayotgani qayd etildi.

Deputatlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊 Telegram 💬 Facebook 🌐 E-kengash 📸 Instagram ▶️ YouTube 🌐oltinsoy.uz