Barcha yangiliklar
#Biriktirilgan_tashkilot
Gallery image 202329
Gallery image 202330
Gallery image 202331
Gallery image 202332
Gallery image 202333
RAZIQOV ILXOM MAMASAITOVICH
30 Iyul 2026
22:06

#Biriktirilgan_tashkilot

Mazkur tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Esanov ishtirok etdi.

Nazorat-tahlil tadbiri davomida "Qoratepa" mahallasida joylashgan ixtisoslashtirilgan maktabda amalga oshirilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Olib borilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda ishlar samaradorligi yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli tavsiyalar va aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, deputatlik nazorati doirasida ta’lim muassasasida mavjud muammolar atroflicha muhokama qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

🕊 Telegram 💬 Facebook 🌐 E-kengash 📸 Instagram