Barcha yangiliklar
O‘rganish
Gallery image 202257
Gallery image 202258
SHODIYEVA GO‘ZAL ODILJON QIZI
30 Iyul 2026
19:25

O‘rganish

✅Xalq deputatlari Zangiota tumani Kengashining 14-saylov okrugi deputati Zafar Nazarov o‘z saylov okrugidagi "Nazarbek" MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro F.Zokirovaning murojaatini joyiga chiqib o‘rgandi.

✅O‘rganish davomida fuqaroning uzoq muddatli yotoqli kasalligi sabab og‘ir ijtimoiy ahvolda ekani hamda moddiy va amaliy yordamga ehtiyoj sezayotgani aniqlandi.
Murojaat yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda fuqaroni Zangiota tuman tibbiyot birlashmasida bepul davolanishini tashkil etish, zarur tibbiy ko‘rik va davolash choralarini ko‘rish hamda amaliy yordam ko‘rsatish zarurligi ko‘rib chiqildi.

✅Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularning muammolariga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.