Barcha yangiliklar
Yoshlar daftari” mablag‘larining maqsadli sarflanishi joyida o‘rganildi
Gallery image 202234
Gallery image 202235
Gallery image 202236
XODJANOV DAVRON AMANKOSHOVICH
30 Iyul 2026
18:43

Yoshlar daftari” mablag‘larining maqsadli sarflanishi joyida o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining “Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i Sh.Jumamuratovning “Yoshlar daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ajratilgan mablag‘larning sarflanishi yuzasidan axboroti tinglangan edi.

🔍 Mazkur masalaning ijrosi yuzasidan doimiy komissiya a’zolari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganish ishlari olib borildi.

📋 O‘rganish davomida ajratiladigan mablag‘larning maqsadli sarflanishi, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlarning amaliy natijalari hamda mablag‘lardan foydalanish samaradorligi atroflicha tahlil qilindi.

💬 Shuningdek, aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, mablag‘lardan oqilona foydalanish va nazoratni yanada kuchaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Doimiy komissiya tomonidan amalga oshirilayotgan bunday nazorat tadbirlari ajratilgan mablag‘larning shaffof va maqsadli sarflanishini ta’minlashga xizmat qiladi.