Barcha yangiliklar
#o'rganish
Gallery image 202034
Gallery image 202035
Gallery image 202036
Gallery image 202037
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
08 Iyun 2026
17:54

#o'rganish

Bugun Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri Sevar Qodirova hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov Xalq qabulxonasida o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — shahardagi mavjud muammolar va fuqarolar murojaatlarining o‘z vaqtida, sifatli yechim topishini taʼminlash, murojaatlar sonini kamaytirish hamda aholiga to‘g‘ri yo‘nalish va tushuntirishlar berish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

🔹Kotibiyat mudiri o‘rganish davomida shahar hokimi o‘rinbosari E.Abdurayimov tomonidan fuqarolarning muammolarini hal etish maqsadida o‘tkazilayotgan qabul jarayonida ishtirok etdi.
🔹Xalq qabulxonasi yetakchi mutaxassisi G.Baltayeva taʼkidlaganidek, bugungi kunda murojaatlar soni sezilarli darajada kamaygan. Bunday ijobiy natijaga fuqarolarda huquqiy tushunchalarning shakllanayotgani hamda aksariyat muammolar quyi bo‘g‘inda — "Mahalla yettiligi" darajasida samarali hal etilayotgani sabab bo‘lmoqda.
Xulosa: Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish va muammolarni joyida hal etish tizimi fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.