Barcha yangiliklar
#rasmiy #sessiya
Gallery image 202026
Gallery image 202027
Gallery image 202028
Gallery image 202029
Gallery image 202030
Gallery image 202031
Gallery image 202032
Gallery image 202033
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
08 Iyun 2026
17:52

#rasmiy #sessiya

Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi muhim vazifalar yuzasidan ma’ruza qildi.

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Xamdamov Qobil Murodqulovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Zoyir Mirzayev Olmaliq shahar hokimi lavozimiga shu vaqtga qadar Toshkent viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Meliyev Barhayot Baxtiyorjonovich nomzodini tavsiya qildi.

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputatlari tomonidan Meliyev Barhayot Baxtiyorjonovich Olmaliq shahar hokimi etib tasdiqlandi.