Barcha yangiliklar
#qabul #murojaat #ijro
Gallery image 201862
Gallery image 201863
Gallery image 201864
Gallery image 201865
Gallery image 201866
Gallery image 201867
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
21 May 2026
17:23

#qabul #murojaat #ijro

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi deputati, shahar hokimi Qobil Xamdamovning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Aholining dardu tashvishlarini tinglash, muammolariga joyida yechim topish maqsadida tashkil etilgan ushbu qabulda Kengash Kotibiyat mudiri Sevar Qodirova hamda shahardagi tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishdi.

📌 Qabulda: 17 dan ortiq fuqaroning murojaatlari va takliflari batafsil ko‘rib chiqildi.
Yo‘nalishlar: Uy-joy, kommunal soha, kadastr, moddiy yordam hamda boshqaruv servis kompaniyalari (BSK) faoliyatiga oid masalalar
Natija: Qabul davomida bildirilgan har bir murojaat sinchiklab o‘rganildi. Muddat talab qiladigan muammolar ijrosi yuzasidan  tegishli mas’ul rahbarlarga aniq vazifalar yuklatilib, qat’iy nazoratga olindi.
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”.