Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 201775
Gallery image 201776
Gallery image 201777
Gallery image 201778
Gallery image 201779
Gallery image 201780
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
30 Iyul 2026
17:08

Kotib

Mirzo Ulug‘bek tumani “Oltintepa” mahallasida “Mahallada obodonlik va mehr-saxovat” oyligi doirasida keng qamrovli hashar ishlari amalga oshirildi.

Hashar davomida mahalla hududidagi ko‘cha va yo‘laklar, ariq-zovurlar hamda jamoat joylari tozalanib, hududlarni obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha qator ishlar bajarildi.

Mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda fuqarolarning faol ishtiroki bilan hudud yanada ozoda va fayzli ko‘rinishga keltirildi.

Bunday ezgu tashabbuslar aholi o‘rtasida hamjihatlikni mustahkamlash, obod va farovon mahalla muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.