Barcha yangiliklar
#muhokama
Gallery image 201668
Gallery image 201669
Gallery image 201670
Gallery image 201671
Gallery image 201672
Gallery image 201673
Gallery image 201674
Gallery image 201675
BEGMATOV MUXRIDDIN BAXROM O‘G‘LI
06 May 2026
16:54

#muhokama

Ushbu muhokamalarda deputatlar bilan bir qatorda "Yoshlar maslahati" guruhi a’zolari ham faol ishtirok etib, o‘z taklif va munosabatlarini bildirishdi.

✍️Kun tartibida:
1. “Yoshlar daftari”  daftari jamg'arma mablag'laridan foydalanish to'g'risida;
2. Olmaliq shahar mahalliy budjetining qo'shimcha manbalari hisobidan shakllangan  mablag'laridan foydalanish to'g'risidagi masalalar muhokama qilindi.

E’tiborli jihati shundaki, "Yoshlar maslahati" guruhi a’zolarining ishtiroki yoshlarga oid davlat siyosatining ochiqligini ta’minlashga xizmat qildi. Majlis davomida soha mas’ullarining hisobotlari tinglanib, deputatlar va yoshlar vakillari tomonidan har bir sarflangan mablag‘ning natijadorligi yuzasidan savollar berildi.

Muhokamalar yakunida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar tanqidiy ko‘rib chiqilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha komissiyalarning tegishli xulosalari shakllantirildi. Kun tartibidagi masalalar yuzasidan Kengashning navbatdagi sessiyasiga kiritish uchun qarorlar qabul qilindi.