Barcha yangiliklar
🚶‍♀️🏘 Ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolar murojaatlari joyida hal etilmoqda
Gallery image 201599
Gallery image 201600
Gallery image 201601
Gallery image 201602
Gallery image 201603
Gallery image 201604
RUZMETOV UMRBEK SHAVKATOVICH
30 Iyul 2026
16:33

🚶‍♀️🏘 Ko‘chama-ko‘cha yurib, fuqarolar murojaatlari joyida hal etilmoqda

🤝 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 11-Istiqbol saylov okrugi deputati Dosova Gulxumar Quranbayevna tomonidan ko‘chama-ko‘cha yurish orqali fuqarolar bilan muloqot qilinib, ularning murojaatlari bevosita yashash manzillarida o‘rganildi.
📍 Xususan, Paxtakor mahallasida yashovchi fuqaro T. Sabirovning davolanishi uchun zarur bo‘lgan dori-darmon vositalari bilan bog‘liq murojaati joyida ko‘rib chiqildi.
🏥 Murojaat yuzasidan deputat hamda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati xodimi Ro‘zmetov Umrbek Shavkatovich bilan birgalikda Shovot tumani Sog‘liqni saqlash bo‘limiga tashrif buyurildi.
💊 Natijada fuqaroning salomatligini tiklash uchun zarur bo‘lgan dori-darmon vositalari olib berilib, davolanish jarayonini tashkil etishga amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.
✅ Ko‘chama-ko‘cha yurish orqali fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularni joyida hal etish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.