Barcha yangiliklar


MIRZAYEVA XULKAR ABDUSATTOROVNA
30 Iyul 2026
16:14
Ko‘p qavatli uy aholisi bilan ochiq muloqot
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, XDP a’zosi Ahmedov Shuxrat Murotovich o‘z saylov okrugi hududida joylashgan Kichik Halqa yo‘li 17A ko‘p qavatli uy uyboshisi Turobiddinov Nabijon Sharofiddinovich bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida ko‘p qavatli uyning mavjud holati, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar hamda kommunal xizmatlar sifati yuzasidan fikr almashildi. Bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularning yechimi bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash yuzasidan kelishib olindi.
Bunday uchrashuvlar fuqarolar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni bosqichma-bosqich bartaraf etishga xizmat qilmoqda.