Barcha yangiliklar
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi ijrosi deputatlik nazoratida
Gallery image 201276
Gallery image 201277
Gallery image 201278
Gallery image 201279
Gallery image 201280
Gallery image 201281
Gallery image 201282
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
30 Iyul 2026
12:44

“O‘zbekiston–2030” strategiyasi ijrosi deputatlik nazoratida

 “O‘zbekiston–2030” strategiyasi ijrosi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi masala yuzasidan o‘rganish davom etmoqda.

Mazkur o‘rganishlarda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Jabborova tomonidan ELBEK MFY, Mehnatkash qishlog‘i, Shaboda ko‘chasida joylashgan “Oxalik Oltin bog‘i Mevasi” MCHJ faoliyati o‘rganildi.

Korxona boshlig‘i Olim Soliyev bilan bo‘lib o‘tgan muloqot davomida zamonaviy bog‘dorchilikni rivojlantirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

O‘rganish davomida, 5 ta nasos orqali 450 gektar maydon sug‘orilishi, 450 gektar yerda olma ko‘chatlari yetishtirilishi aniqlandi.