Barcha yangiliklar
“O‘zbekiston–2030” strategiyasi ijrosi deputatlik nazoratida
Gallery image 201273
Gallery image 201274
Gallery image 201275
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
30 Iyul 2026
12:42

“O‘zbekiston–2030” strategiyasi ijrosi deputatlik nazoratida

 “O‘zbekiston–2030” strategiyasi ijrosi deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi masala yuzasidan deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganish ishlari davom etmoqda.

Mazkur o‘rganishlar doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Jabborova tomonidan Xonchorvoq mahallasi AT Termiziy ko‘chasi ko‘chaboshisi Ikrom Nosirov bilan hamkorlikda hududdagi sug‘orish tizimi va mavjud infratuzilma holati o‘rganildi.

Uchrashuv davomida ko‘chada mavjud muammolar, sug‘orish tarmoqlaridagi nosozliklar, suv taqsimoti bilan bog‘liq masalalar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.