Barcha yangiliklar









TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
30 Iyul 2026
12:33
NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILMOQDA
NAVBATDAGI TADBIRKORLAR QABULI O‘TKAZILMOQDA
Pastdarg‘om tumanida tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish hamda fikr, takliflarini o‘rganish maqsadida muntazam ravishda tadbirkorlar uchun qabullar o‘tkazib kelinmoqda.
Tuman hokimligi binosida bo‘lib o‘tayotgan navbatdagi qabulda tuman hokimi J.Pardayev, hokim o‘rinbosari va masʼul korxona hamda tashkilotlar rahbarlari ishtirok etyapti.
Qabul davomida hozirga qadar tadbirkorlar tomonidan kadastr, IIB, prokuratura, va tadbirkorlik uchun joy kabi turli murojaatlar kelib tushdi.
Aksariyat masalalarga joyida yechim topilgan bo‘lsa, muddat talab etiladiganlari ijrosini taʼminlash maqsadida tegishli mutasaddilarga yo‘naltirildi.