Barcha yangiliklar
Deputat aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgandi
Gallery image 201198
Gallery image 201199
Gallery image 201200
Gallery image 201201
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
30 Iyul 2026
11:35

Deputat aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgandi

Deputat aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgandi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Mardonova Turon mahallasida yashovchi fuqarolar bilan uchrashib, navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan Pastdarg‘om tumani Soliq inspeksiyasi hisobotini ko‘rib chiqish arafasida aholi murojaatlari yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida Turon MFY Turkiston ko‘chasi ko‘cha boshi Suyarqulov Fozil hamda mazkur ko‘chada istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning soliq tizimiga oid murojaatlari, taklif va e’tirozlari tinglandi.

Muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan masalalar o‘rganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish hamda aholiga zarur tushuntirishlar berish bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

🤝 Deputatlarning aholi bilan bevosita muloqotlari fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.