Barcha yangiliklar
Mahalladagi tadbirkorlik va bandlik yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi
Gallery image 201196
Gallery image 201197
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
30 Iyul 2026
11:34

Mahalladagi tadbirkorlik va bandlik yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi

 Mahalladagi tadbirkorlik va bandlik yo‘nalishidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Mardonova Furqat mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahallada joylashgan “Diyora-Bonu-Fayz barakasi” MCHJ faoliyati o‘rganilib, korxonada yaratilgan sharoitlar, ishlab chiqarish jarayonlari hamda aholi bandligini ta’minlashga qo‘shayotgan hissasi bilan tanishildi.

Uchrashuv davomida hokim yordamchisi tomonidan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan amaliy xizmatlar, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va yangi ish o‘rinlari yaratish borasidagi ishlar muhokama qilindi.