Barcha yangiliklar
Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 201171
Gallery image 201172
Gallery image 201173
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
30 Iyul 2026
11:16

Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

 Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Xonchorbog‘ mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisining faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta'minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, oilalarning daromadini oshirish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilinib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🤝 Mahallalarda olib borilayotgan ishlarni joyiga chiqib o‘rganish va tizimli monitoring qilish aholi manfaatlariga xizmat qiluvchi muhim omillardan biridir.