Barcha yangiliklar
Suvdan oqilona foydalanish — deputatlik nazoratida
Gallery image 201159
Gallery image 201160
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
30 Iyul 2026
11:08

Suvdan oqilona foydalanish — deputatlik nazoratida

 Suvdan oqilona foydalanish — deputatlik nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi masala yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N.Eliboyev Oshiq Ota Yangiyo‘l ko‘chasida bo‘lib, ko‘chaboshi P.Jumanazarov hamda hudud fuqarolari bilan tomorqalarni sug‘orish holati yuzasidan suhbatlashdi.

Muloqot davomida aholi tomonidan tomorqalarni sug‘orishda suv hajmining me’yoridan ortiq kelishi natijasida ekinlarga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani qayd etildi.

Suv oqimini tartibga solish, undan samarali va tejamkor foydalanish, sug‘orish jarayonlarini me’yor asosida tashkil etish masalalari muhokama qilindi.