Barcha yangiliklar
“SHAYX SHIBLIY” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
Gallery image 201113
Gallery image 201114
Gallery image 201115
Gallery image 201116
ALIYEVA ZILOLA YASHNAROVNA
29 Iyul 2026
09:55

“SHAYX SHIBLIY” MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi raisi, deputati R.Yusupov tomonidan “Shayx Shibliy” mahallasida faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” xodimlarning ish faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

📝O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 14.01.2025 yildagi "Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning «mahalla yettiligi» bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" KQ-35-V-son qarori asosida yaqindan tanishildi.

👥Mahalla aholisi bilan olib borilayotgan ishlar, ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda murojaatlar bilan ishlash holati tahlil qilindi.

📌Deputatlik nazorati aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va xizmatlar samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Bizni kuzatishda davom eting!