Barcha yangiliklar
Sessiya oldidan kun tartibidagi masalalar joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda
Gallery image 201102
Gallery image 201103
Gallery image 201104
ORTIQBOYEV RUSTAM ZAYNIDDIN O‘G‘LI
30 Iyul 2026
09:54

Sessiya oldidan kun tartibidagi masalalar joylarga chiqqan holda o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputatlari K.Mamanova, D.Do‘stqulova, Sh.Karimov, M.Xasamiddinov ekspert hamda yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan hamkorlikda navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalarni puxta tayyorlash maqsadida Paxtakor mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va ularning faoliyatini joyida o‘rgandi.

O‘rganish davomida aholi bandligini ta’minlash kambag‘allikni qisqartirish tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy himoya yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash hamda fuqarolar murojaatlarini hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek aniqlangan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiyalar berilib, sessiyada ko‘rib chiqiladigan masalalar bo‘yicha takliflar shakllantirildi.