Barcha yangiliklar
🔰Obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.
Gallery image 201097
Gallery image 201098
Gallery image 201099
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
30 Iyul 2026
09:53

🔰Obodonlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

📌O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda obodonlashtirish va tozalik ishlari jadal olib borilmoqda. Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Sh.Murodova 8-“Madaniyat” saylov okrugidagi mahallalarning bugungi holatini ko‘zdan kechirdi.

🔸O‘rganishlar davomida hududdagi ichki ko‘chalar, aholi xonadonlari, jamoat joylari, yo‘l bo‘ylari hamda yashil maydonlarning tozaligi va obodligiga alohida eʼtibor qaratildi. Deputat bayram arafasida aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda hududlar ozodaligini yuqori darajada taʼminlash zarurligini taʼkidladi.

🔸Jarayonda yashil hududlarni parvarishlash va obodonlashtirish ishlari tahlil qilinib, aniqlangan ayrim kamchiliklarni qisqa fursatda bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi.