Barcha yangiliklar
Oliy Majlis Senati yalpi majlisining ikkinchi ish kuni bo'lib o'tdi
Gallery image 23449
Gallery image 23450
Gallery image 23451
Gallery image 23452
Gallery image 23453
Gallery image 23454
PARDAYEV BEHZOD BAHROMOVICH
19 Dek 2024
17:55

Oliy Majlis Senati yalpi majlisining ikkinchi ish kuni bo'lib o'tdi

Senat yalpi majlisida Surxondaryo viloyat studiyasidan hududdan saylangan Senatorlar, yoshlar parlamenti a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi doimiy komissiya raislari, tegishli mas’ullar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Yalpi majlis ikkinchi ish kunida “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi, “Kosmik faoliyat to‘g‘risida”gi hamda “Ipoteka krediti bozori yanada rivojlantirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonun loyihalari senatorlar tomonidan muhokama qilindi va ma'qullandi.

Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi ertaga 20-dekabr kuni davom etadi.