Barcha yangiliklar
Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisining birinchi ish kuni bo'lib o'tdi
Gallery image 23443
Gallery image 23444
Gallery image 23445
Gallery image 23446
Gallery image 23447
Gallery image 23448
PARDAYEV BEHZOD BAHROMOVICH
18 Dek 2024
17:51

Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisining birinchi ish kuni bo'lib o'tdi

Senat yalpi majlisida Surxondaryo viloyat studiyasidan hududdan saylangan Senatorlar, yoshlar parlamenti a’zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashidagi doimiy komissiya raislari, tegishli mas’ullar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilgan yalpi majlisni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bordi.

Yalpi majlis birinchi ish kunida “2025-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻg’risida”gi hamda "Soliq va byudjet siyosatining 2025-yilga mo'ljallangan asosiy yo'nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritish to'g'risida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonun loyihalari senatorlar tomonidan muhokama qilindi va ma'qullandi.

Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisi ertaga 19-dekabr kuni davom etadi.