Barcha yangiliklar
Qumqo‘rg‘on tumanida yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda
Gallery image 201010
Gallery image 201011
Gallery image 201012
GULMATOV TOSHMUROD MAMATALIYEVICH
29 Iyul 2026
22:45

Qumqo‘rg‘on tumanida yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda

Mazkur loyiha xitoylik investorlar tomonidan 5 million AQSh dollari miqdoridagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilingan holda amalga oshirilmoqda.
Tanishuv davomida mas’ullar tomonidan qurilish ishlarining borishi, ishlab chiqarish quvvatlari, texnologik jarayonlar hamda loyihani belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Loyiha ishga tushirilgach:
️100 nafardan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi;
korxona kuniga 100 ming dona zamonaviy pishgan g‘isht ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi.
Ushbu investitsiya loyihasi hududning sanoat salohiyatini yuksaltirish, mahalliy qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini oshirish, aholi bandligini ta’minlash hamda tuman iqtisodiyotining barqaror rivojlanishiga munosib hissa qo‘shishi kutilmoqda.