Barcha yangiliklar
Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi
Gallery image 200961
Gallery image 200962
Gallery image 200963
Gallery image 200964
ADXAMOV ASADBEK AZIZJON O‘G‘LI
29 Iyul 2026
21:03

Mahalla infratuzilmasini rivojlantirish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva tomonidan “Chodaklik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida olib borilgan o‘rganishlar davomida mahalla infratuzilmasini rivojlantirish, bo‘sh yer maydonlaridan samarali foydalanish hamda tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi bo‘sh turgan yer maydonlarini elektron auksion savdolariga chiqarish orqali yangi savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini tashkil etish imkoniyatlari atroflicha tahlil qilindi. Mazkur tashabbus aholi uchun zamonaviy va qulay xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mahalla iqtisodiy salohiyatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, investitsiyalarni jalb etish, xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish hamda mavjud yer resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

O‘rganish yakunida mazkur masala yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, bo‘sh yer maydonlarini belgilangan tartibda auksion savdolariga chiqarish hamda yangi xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish bo‘yicha amaliy choralarni jadallashtirishga kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi