Barcha yangiliklar
QAROR IJROSI – DEPUTATLIK NAZORATIDA
Gallery image 200863
Gallery image 200864
Gallery image 200865
Gallery image 200866
Gallery image 200867
Gallery image 200868
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Iyul 2026
19:18

QAROR IJROSI – DEPUTATLIK NAZORATIDA

QAROR IJROSI – DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati S. Djumanova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 393-son qarori ijrosi doirasida Qoqsoy MFYdagi 71-son umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish, qo‘shimcha 100 o‘rinli o‘quv binosini qurish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida qurilish-montaj ishlarining borishi, loyiha-smeta hujjatlariga muvofiqligi, ishlar sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi yuzasidan monitoring olib borildi.

Deputat tomonidan qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish hamda yangi o‘quv binosini belgilangan muddatda foydalanishga topshirish masalalari deputatlik nazoratida ekani ta’kidlandi.

✅ Ta’lim infratuzilmasini yaxshilash va o‘quvchilar uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga qaratilgan bunday loyihalar ijrosi doimiy deputatlik nazoratida bo‘ladi.