Barcha yangiliklar
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTAB REKONSTRUKSIYASI JARAYONI O‘RGANILDI
Gallery image 200817
Gallery image 200818
Gallery image 200819
Gallery image 200820
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Iyul 2026
19:00

DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTAB REKONSTRUKSIYASI JARAYONI O‘RGANILDI

DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTAB REKONSTRUKSIYASI JARAYONI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati J.Ochilov tomonidan Mehnat mahallasidagi 62-son umumta’lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari o‘rganildi.

O‘rganish davomida ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari, loyiha doirasida belgilangan vazifalar hamda ishlarning sifatli bajarilishi holati ko‘zdan kechirildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur loyiha doirasida maktab binosining tom qismini qayta yopish, binoning foydalanish holatini yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish ishlari nazarda tutilgan.

Deputat tomonidan qurilish jarayonida belgilangan talab va me’yorlarga rioya etish, ishlarni sifatli hamda o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

📍Deputatlik nazorati — ta’lim obyektlarida amalga oshirilayotgan loyihalarning sifatli ijrosini ta’minlashga xizmat qiladi.