Barcha yangiliklar
“O‘ZBEKISTON–2030” STRATEGIYASI IJROSI: SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALALARI O‘RGANILMOQDA
Gallery image 200807
Gallery image 200808
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Iyul 2026
18:58

“O‘ZBEKISTON–2030” STRATEGIYASI IJROSI: SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALALARI O‘RGANILMOQDA

 “O‘ZBEKISTON–2030” STRATEGIYASI IJROSI: SUV RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH MASALALARI O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi masala yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari davom etmoqda.

O‘rganish jarayonida xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati S.Nurmamatova tomonidan Nayman mahallasi Moziy-1 ko‘chasi ko‘chaboshisi G.Mo‘minova bilan hududda suv resurslaridan foydalanish holati, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Muloqotda Mirzato‘p mahallasidagi kanaldan kelayotgan suv oqimini yaxshilash maqsadida ko‘prik sathini pasaytirish, shuningdek, sug‘orish ariqlarini loyqa va chiqindilardan tozalash zarurligi bildirildi.