Barcha yangiliklar



TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Iyul 2026
18:49
REJALI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
REJALI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati J. Ochilov tomonidan bugungi hududiy o‘rganishlar yuzasidan ish rejasi ishlab chiqildi.
Rejani shakllantirish jarayonida Yoshlar maslahat guruhi a’zolari Sh. Uralov hamda K.Ergashev bilan, hududlarda amalga oshiriladigan o‘rganishlar, aholini qiynayotgan dolzarb masalalarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar reja qilindi.
Bugungi o‘rganishlar samaradorligini oshirish, aniqlangan muammolar yuzasidan amaliy choralar ko‘rish hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish bo‘yicha kelgusi vazifalar belgilab olindi.