Barcha yangiliklar
KOTIBIYAT MUDIRI TEMIRYO‘L MAHALLASIDA BO‘LDI
Gallery image 200745
Gallery image 200746
Gallery image 200747
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Iyul 2026
18:31

KOTIBIYAT MUDIRI TEMIRYO‘L MAHALLASIDA BO‘LDI

 KOTIBIYAT MUDIRI TEMIRYO‘L MAHALLASIDA BO‘LDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati F.U. Xolmuratova xizmat rejasi asosida Temiryo‘l mahallasida bo‘lib, hududdagi mavjud holatni o‘rgandi hamda fuqarolar bilan muloqot qildi.

Tashrif davomida mahalladagi ijtimoiy infratuzilma, obodonlashtirish ishlari, aholini qiynayotgan dolzarb masalalar va amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mas'ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Hududlarda olib borilayotgan bunday amaliy o‘rganishlar aholi muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularning yechimini ta'minlash hamda Kengash faoliyatining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.