Barcha yangiliklar
KENGASH QARORI IJROSI NAZORATDA
Gallery image 200732
Gallery image 200733
Gallery image 200734
Gallery image 200735
Gallery image 200736
Gallery image 200737
Gallery image 200738
Gallery image 200739
TURAYEV ELDOR MAXMUDOVICH
29 Iyul 2026
18:28

KENGASH QARORI IJROSI NAZORATDA

 

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi tomonidan Kengash qarorlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida hududlarda elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Xususan, Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi qarori asosida 22 ta transformatorni ta’mirlash va yangilash ishlari uchun mablag‘ ajratilgani hamda ushbu yo‘nalishdagi ishlarning ijrosi o‘rganildi.

Mas’ullar bilan uchrashuv davomida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

⚡️ Kengash qarorlari ijrosi — deputatlik va jamoatchilik nazoratida.