Barcha yangiliklar
Deputat va "Yettilik" ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi
Gallery image 200661
Gallery image 200662
Gallery image 200663
Gallery image 200664
Gallery image 200665
Gallery image 200666
NOSIROV OXUNJON ASLIDDIN O‘G‘LI
29 Iyul 2026
18:08

Deputat va "Yettilik" ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi

Deputat va "Yettilik" ehtiyojmand oilalar holidan xabar oldi
Viloyat Kengashi deputati J.Rahmonov, Madad NTT mutaxassisi S.Usmonov, kotibiyat mudiri G'.Uzoqov, mutaxassis J.Ergashev, O.Nosirovlar Charmgar MFYga tashrif buyurib, mahalladagi "Yettilik" aʼzolari, nuroniylar hamda koʻcha oqsoqollari bilan birgalikda hududda istiqomat qilayotgan kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan va ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalar xonadonlarida boʻldi.
🏛 Qonunchilikdagi yangiliklar va ijtimoiy koʻmak
Samimiy muloqot va oʻrganishlar davomida fuqarolarga "Keksalar, nogironligi boʻlgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar toʻgʻrisida"gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni mazmun-mohiyati, unda belgilangan imtiyoz hamda imkoniyatlar haqida batafsil tushuntirish berildi.
Tashrif davomida aholini qiynab kelayotgan boshqa ijtimoiy-maishiy masalalar ham tinglanib, ularni hal etish boʻyicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

👉🏻 Telegram
👉🏻 Instagram
👉🏻 Facebook
👉🏻 YouTube