Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 200590
Gallery image 200591
Gallery image 200592
Gallery image 200593
Gallery image 200594
Gallery image 200595
Gallery image 200596
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
29 Iyul 2026
17:16

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#Kotibiyat_mudiri_faoliyati
#24_ta_masala

Mahallada Ko'chama-ko'cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 13-"Farovon" saylov okrugi deputati A.Pardayev tomonidan "Farovon" mahallasida deputatlik nazorati doirasida navbatdagi Ko'chama -ko'cha o‘rganish tadbirlarini amalga oshirdi.

O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya asosida tashkil etildi. Xonadonlarga tashrif davomida fuqarolarning bandligi, tomorqadan samarali foydalanish holati, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning yashash sharoiti, kommunal xizmatlar sifati, ichimlik suvi, elektr energiyasi, yo‘l va obodonlashtirish bilan bog‘liq masalalar hamda mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari yuzasidan fikr va mulohazalar tinglandi.

Ko‘chama-ko‘cha o‘rganish yakunida aniqlangan barcha muammolar deputatning murojaatlar jurnaliga qayd etildi. Har bir murojaat yuzasidan mas’ul idora va tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berish, ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida monitoring qilib borish hamda fuqarolarni qanoatlantiradigan yechimga erishish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi.