Barcha yangiliklar
Kotib
Gallery image 200477
Gallery image 200478
Gallery image 200479
Gallery image 200480
AZIZOVA GULCHEXRA XAYDAROVNA
29 Iyul 2026
15:42

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati mudiri Shoanvar Shomaxmudov okrugidagi “Olimlar” mahallasida "Mahalla obodligi va mehr-saxovat" oyligi doirasida keng ko‘lamli hashar tadbirlarini tashkil etishda bevosita ishtirok etib kelmoqda.

Tadbirlar davomida “mahalla yettiligi” bilan hashar doirasida amalga oshiriladigan ishlar rejalashtirilib, fuqarolarning murojaatlarini hal etish bo‘yicha suhbatlar o‘tkazilmoqda.

Shuningdek,  mahalla hududidagi ko‘chalar, xonadonlar oldi, piyodalar yo‘laklari hamda ariq-lotoklar tozalanib, kesilgan daraxt shox-shabbalari, turli maishiy chiqindilar o‘z vaqtida yig‘ishtirilib, maxsus texnikalar yordamida olib chiqib ketilmoqda.

Obod mahalla — farovon hayot garovi!
Barcha yashab turgan hududining tozaligi va obodligiga befarq bo‘lmasligi kerak.