Barcha yangiliklar
BESHQAYRAG‘OCH MAHALLASIDA BOLALAR UCHUN QULAY MUHIT YARATISH MASALASI O‘RGANILDI
Gallery image 200469
Gallery image 200470
Gallery image 200471
Gallery image 200472
Gallery image 200473
Gallery image 200474
Gallery image 200475
ABILOV UMIDBEK UTKIROVICH
29 Iyul 2026
15:40

BESHQAYRAG‘OCH MAHALLASIDA BOLALAR UCHUN QULAY MUHIT YARATISH MASALASI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

BESHQAYRAG‘OCH MAHALLASIDA BOLALAR UCHUN QULAY MUHIT YARATISH MASALASI O‘RGANILDI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "7-Beshqayrag'och" okrugi deputati Xaydarova Ziyoda Tolipovna tashabbusi bilan Beshqayrag‘och mahallasida Kengash deputatlarining 24 ta tavsiyaviy savolnomasida belgilangan vazifalar asosida hududdagi bolalar maydonchalari va bolalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

🕯 O‘rganish davomida 450-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti oldi, To‘qimachi ko‘chasi bo‘yidagi bolalar uchun mo‘ljallangan hududning holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur hududni obodonlashtirish, mavjud sharoitlarni yaxshilash hamda bolalar uchun zamonaviy va xavfsiz maydoncha tashkil etish zarurligi qayd etildi.

💬 Shuningdek, hududni zamonaviy bolalar o‘yingohlari, xavfsiz o‘yin moslamalari va sport jihozlari bilan ta’minlash, bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun qulay sharoit yaratish masalalari muhokama qilindi.

📈 Aniqlangan masalalarni hal etish maqsadida deputat tomonidan tegishli tartibda O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman bo‘limiga murojaat kiritish va zarur ishlarni mahalla mablag‘lari hisobidan amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish belgilandi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, ishlarning bajarilishi yuzasidan o‘rganishlar davom ettiriladi.