Barcha yangiliklar
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR O‘RGANILDI.
Gallery image 200398
Gallery image 200399
Gallery image 200400
Gallery image 200401
Gallery image 200402
MIRZAYEV DILSHOD RUXUTDIN O‘G‘LI
29 Iyul 2026
15:05

AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT: MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Elmurod Po‘latov tegishli mutasaddi rahbarlar ishtirokida tumanimizdagi og‘ir (tayanch) mahalla sifatida belgilangan “Istiqbol” mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.Uchrashuv davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, kambag‘allikni qisqartirish hamda oilalar daromadini oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.Shuningdek, mahallani obodonlashtirish, ichki ko‘chalarni tartibga keltirish, hududni ko‘kalamzorlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash,ichimlik suvi va elektr ta’minotini yaxshilash hamda yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar atroflicha o‘rganilib, ularni tizimli ravishda hal etish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriq va vazifalar belgilab berildi.Mahallalarda aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazish, mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar Parkent tumanida izchil davom ettirilmoqda.