Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi
Gallery image 200360
Gallery image 200361
Gallery image 200362
Gallery image 200363
SUVANKULOV SHOXZAMON SHUXRAT O‘G‘LI
29 Iyul 2026
14:44

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati S. Kuldashov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi tomonidan Markaz mahallasida ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, "Behizor" ko‘chasi aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida o‘rnatilgan nasosning elektr energiyasi hisoblagichi tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan o‘chirib qo‘yilgan.

Mazkur holat oqibatida ushbu hududlarda istiqomat qiluvchi aholiga ichimlik suvi tasdiqlangan reja-grafik asosida yetkazib berilmayotgani ma’lum bo‘ldi. Ma'lum bo‘lishicha aholi ichimlik suvi uchun to‘lovlarni vaqtida amalga oshirib kelishmoqda.

Aniqlangan muammo yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rish hamda aholini uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.